Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Uzbekistan Airways” Navro‘z bayrami munosabati bilan 50 foizgacha chegirma e’lon qildi

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika bo‘yicha barcha qatnovlarga 50 %gacha chegirmalar e’lon qildi. Chegirmalar 21 martdan 23 martgacha quyidagilarga amal qiladi:

- individual yo‘lovchilar uchun – 30 %;

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, talabalar va O‘zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40 %;

- oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50 %;

- nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50 %;

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, Ikkinchi jahon urushi davridagi mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50 %;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun – 50 %.

Chegirmalar nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.