Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uzumning shifobaxsh 9 foydasi

  1. Uzum mevasi A, S, V6 vitaminlariga boy. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy va selen moddalari ham talaygina. Ushbu foydali birikmalar yurakka quvvat bo‘lib, immunitetni mustahkamlaydi.
  2. Uzum danagida A va Ye vitaminlari bo‘lib, mevasi bilan birga yeyilganda organizmni yoshartiradi.
  3. Ba’zilar uzum po‘stini yoqtirishmaydi. Aslida esa aynan po‘sti bilan iste’mol qilinsa, ichaklarda tiqin hosil bo‘lishining oldini oladi.
  4. Uzum ishtahani yaxshilaydi. Uyqusizlik, ishtaha yo‘qolishi kabi holatlarda qora uzum sharbati yoki mevasi ayni muddao.
  5. Uzumning qora navi buyrak va jigarni a’lo darajada tozalaydi. Husayni navi esa o‘t pufagida tosh yig‘ilishida ko‘makchi vositadir. Shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega.
  6. Foydali bo‘libgina qolmay, uzumning ham nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkin. Masalan, allergik holatlarga moyilligi borlar uchun qora nav uzum tavsiya etilmaydi.
  7. Tarkibidagi antioksidantlar hisobiga bir bosh uzum mevasi asabni tinchlantiradi. Ayniqsa, uyqu oldidan ozroq uzum yeyilsa, xotirjamlikka erishasiz.
  8. Bu meva nafas yo‘llari va o‘pka xastaliklarida ham asqotadi. Shu bois astmaga chalinganlarga vaqti-vaqti bilan uzum iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  9. Tavsiya etilmaydi: qandli diabet, oshqozon-ichaklardagi muammolar, semizlik, hazm faoliyati buzilganda.