Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat hokimi haykaltarosh ustaxonasiga boradi

Viloyat hokimi haykaltarosh ustaxonasiga boradi

Sartepa maskanida yashovchi haykaltarosh To‘lagan Yorqulov bolaligidan haykaltaroshlik san’ati bilan shug‘ullanadi. Uning noyob asarlari,  asosan,  Yevropa mamlakatlari galereyalaridan joy olgan. Haykaltarosh ko‘pgina xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, milliyligimizni aks ettirgan hunarmandchilik mahsulotlari bilan xorijlik mutaxassislarning e’tiboriga tushgan. U yasagan haykallar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham o‘rnatilgan. Ammo Samarqandda uning ijodiga e’tibor kam.

U bugungi sayyor qabulda viloyat hokimiga shu masalada murojaat qildi.

- Bolaligim Nurobod tumanining Jom qishlog‘ida o‘tgan, - deydi T.Yorqulov. - Esimni taniganimdan buyon qumli tuproqdan haykalchalar yasayman. O‘sha paytdagi qiziqishlarim usta haykaltarosh bo‘lishimga sabab bo‘lgan. Yasagan haykallarim Samarqandga ham joylashtirilsa, deyman. Qanday haykal buyurtma qilinsa, yasashga imkoniyatim bor. Uyimda ustaxona tashkil qilganman, o‘nlab shogirdlar tayyorlayapman.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ertagayoq haykaltaroshning ustaxonasiga borib, ustaning ijod namunalari bilan tanishishni, bildirgan takliflari bo‘yicha unga imkoniyat yaratishga ko‘maklashishini aytdi.