Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining ustozlarga bayram tabrigi

Hayotni, kelajakni, farzand iqbolini o‘qituvchi mehnati, zahmatisiz tasavvur qilish qiyin. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan, xat savodni ulardan olganmiz.

Xalqimiz "Ustoz - otangdek ulug‘", deya hayotni tanitgan insonlarni ulug‘lashadi. Kasb-kori, ishi, umuman olganda, hayotda biror yutuqqa erishgan, kasbidan e’zoz topgan kishi qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy yashaydi.

Qadrdon va mehribon ustozlar, Sizga har qancha minnatdorlik bildirsak oz. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.

Prezidentimizning "Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi", degan so‘zlari butun halqimizning sizga bo‘lgan ehtiromi ramzidir.

Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin! Yosh avlodga bilim berishdek murakkab, ammo sharafli mehnatingizdan barchamiz minnatdormiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling.

Suhrob RAFIQOV,

Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi.

Reklama huquqi asosida