Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazida o‘quvlar boshlandi

O‘quv kurslarida 4 hafta mobaynida 144 soatlik malaka oshirish mashg‘ulotlari olib boriladi.
Qayd etish lozim, davlatimiz rahbarining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida mintaqaviy filiallari tashkil etilgan edi.

Samarqand filiali Payariq tumani Imom Buxoriy xalqaro markazida joylashgan. Filialda Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari diniy soha hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sohaga oid pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi belgilangan.

Tinglovchilar islomshunoslik - islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi yo‘nalishida umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlar katta va kichik guruhlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabining salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan muammoli ma’ruza, amaliy-trening, davra suhbati, munozara tarzida interfaol metodlardan foydalangan holda olib boriladi.

Jamshid OChILOV,

Yahyo ELTOYeV.