Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro universitet talabalari parlamentiga prezident saylandi

2019 yil 20 noyabr kuni O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari tarixida ilk bor “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida talabalar parlamenti prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Talabalar parlamenti o‘zi nima? Talabalar parlamenti - talabalarning o‘z-o‘zini boshqarishida yagona organ bo‘lib, talabalar hayoti, faoliyatining muhim masalalarini hal etish, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, foydali tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mustaqil ommaviy faoliyatining o‘ziga xos shaklidir.

Talabalar parlamentining maqsad va vazifalari yoshlarning jamiyat hayotidagi muhim tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish, talabalarning madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli tanlov va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar, yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Universitet yoshlari eng faol, ilg‘or besh nafar talaba nomzodini ilgari surdi. Nomzodlar o‘zlarining faoliyatini namoyish etuvchi ishchi dasturlari bilan chiqish qildi. Keyin nomzodlarga universitet talabalari tomonidan yashirin ovoz berildi.

Natijalarga ko‘ra, mehmonxona biznesi fakultetining 2-bosqich talabasi Karim Ziyoyev universitet talabalari parlamenti prezidenti etib saylandi.

N.ABDUVOHIDOVA,

universitetning jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.