Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xavfli burilishda sirpanib, YTHga uchragan avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi

Joriy yilning 13 may kuni soat 12:30 larda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani, Nazartepa qishlog‘idan o‘tuvchi 4K-278 “Beshkent-Denov” avtomobil yo‘lining 12-kilometrida haydovchi - 1984 yilda tug‘ilgan A.T. “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yomg‘ir yog‘ganligi sababli yo‘lning xavfli burilish qismida sirpanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda transport vositasi saloni oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi - 1963 yilda tug‘ilgan A.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.