Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy akvaparkidagi sun’iy to‘lqin natijasida 44 kishi jarohat oldi

Yanbyan-Koreya avtonom viloyati Lunszin shahridagi akvapark  basseynidagi sun’iy to‘lqin berilishi natijasida 44 kishi jarohat oldi.

Mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra, dam olish maskanidagi suv havzasida sun’iy to‘lqin berilishi bilan, suv bosimi ostida cho‘milayotganlar bir-biriga va hovuz devorlariga urilgan, deya xabar berdi RIA Novosti.

Hodisa natijasida ikki kishining qovurg‘asi yorilgan, bir kishini oyog‘ining pastki qismi singan va ikki kishining tanasi kuchli zarbdan ko‘karib ketgan. Bular hozirda shifoxonada, qolgan 39 kishi yengil tan jarohatlarini olishgan, ularga tez yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Dastlabki tergov surishtiruvlari shuni ko‘rsatdiki, hodisaning sababi, to‘lqin generatoriga juda ko‘p suv bosimi yetkazib berilgan.