Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoylik kinochilar Samarqandda tarixiy film olish niyatida

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xitoyning “China Film Co.LTD”  korporatsiyasi bosh direktori Szyan Ping boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.

Registon maydonida viloyat hokimining o‘rinbosarlari J.O‘roqov va R.Qobilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi aloqalar ming yillik tarixga ega ekani, xususan, madaniyat va san’at sohasida ham hamkorlik izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.

– O‘zbekistonga kinorejissyor sifatida keldim, – deydi Szyan Ping.  – Samarqand Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan shahar. Tarixi uch ming yilga yaqin bu shaharda qadimdan sivilizatsiya rivojlangan. Bu qadim zaminda ko‘plab tarixiy kinolarni suratga olish imkoniyati mavjud. Kelgusida ko‘rganlarim bo‘yicha ssenariy yozib, ikki mamlakat tarixidagi madaniy aloqalarga oid kino ishlashni maqsad qildim.