Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyliklar yuborgan testlardan koronavirus yuqayotgani rostmi?

Savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

➖Birinchidan, test sistemasi - bu virusga o‘ta sezuvchan reaktiv bo‘lib reaktivga virusni joylashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun xitoyliklar yuborgan testlardan koronavirus yuqayotganligi haqidagi gaplar asossiz, internet olamidagi yolg‘onlardan biri.

🧪 Test sistemalaridan kasallik yuqmaydi. Biroq ba’zan ushbu testlarning sezgirligi past bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda kasallik yuqmagan taqdirda ham kasalligi borlarga “manfiy”, kasalligi yo‘qlarga “musbat”, degan javob berilishi ehtimoli bor. Shuning uchun amaliyotda qo‘llanilishidan avval barcha testlar sezgirlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan o‘tkaziladi.