Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorij ekspertlari: O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li yuragidagi brilliant

International Policy Digest ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston rivojlangan sanoat sohalariga ega, yaxshi diversifitsion (zaxira imkoniyati ko‘p) iqtisodiyot, oziq-ovqat va tekstil sanoati, qazilma boyliklari, xom ashyo resurslariga ega bo‘lgan ulkan salohiyatli mamlakat.

Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng ko‘p sonli va eng yosh aholi, shu bilan birga yuqori darajali ta’limga ega. Qolaversa, nafaqat sarmoyadorlarni, balki xorijiy yirik davlatlarni ham jalb etadigan Xitoy, Rossiya, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasida strategik ahamiyatli hududda joylashgan.

Mutaxassislarning fikricha, bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyoning porlayotgan yulduziga aylanmoqda. Bu yurtdi 50 milliard dollarlik iqtisod 2018 yilda 6 foizga ko‘tarildi. Xalqaro Valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston iqtisodiyotining yaqin yillarda 8 foizga ko‘tarilishini taxmin qilmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2019 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga nisbatan 4 barobarga, shu davrda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar soni 2 barobarga ko‘paydi. Tabiiyki, bularning barchasi Doing Business Jahon banki ro‘yxatida aks etdi.

O‘zbekiston 2012 yildan buyon dunyo davlatlari orasida 90 pog‘ona yuqoriladi va joriy yilda 76-o‘rinni egalladi.

Mamlakatda ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Sanoat bog‘i, savdo markazi, biznes markazi, restoran va turar-joy maskanlarini  o‘z ichiga olgan 1,7 milliard dollarlik xalqaro ishbilarmon va moliya markazi barpo etilmoqda. Shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli infratuzilma loyihalari ustida ishlar olib borilmoqda.

Sezilarli darajada yaxshilangan inson huquqlari soyasi ostida Toshkentning Yevropa va AQSh bilan aloqalari ijobiy rivojlanmoqda. Inson huquqlari himoyasi sohasidagi taraqqiyot, g‘arbiy sarmoyachilar (investorlar) uchun yo‘l ochmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston juda qisqa vaqt ichida o‘lkan yo‘lni bosib o‘tdi va jahon iqtisodiyotida samarali qayta tiklanishning (reintegratsiyaning) muvaffaqiyatli namunasi bo‘la oladi.