Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijlik sarmoyadorlar “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi

Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va viloyat ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy ko‘rgazmasida ishtirok etadigan xorijiy sarmoyadorlardan bir guruhi Samarqand temir yo‘l vokzalida kutib olindi.

Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur forumning maqsadi viloyat iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investorlarni hudud imkoniyati va salohiyati bilan tanishtirishga qaratilgan.