Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yaponiyada sodir bo‘lgan yer ko‘chishi oqibatida 10 kishi bedarak yo‘qoldi

Yaponiyaning janubiy-g‘arbida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqini va yer ko‘chishi oqibatida o‘n kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Mayniti” gazetasi xabar berdi.

Kumamoto va Kagosima prefekturalaridan 322,5 ming odamning evakuatsiya qilinishi e’lon qilingan. Mazkur hududda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv sathi 400 millimetrgacha ko‘tarilgan.

Voqea joyidan berilayotgan xabarlarga ko‘ra, ko‘prik va uylar vayron bo‘lgan. Kumamoto prefekturasidagi daryoning qirg‘oqlardan toshib chiqishi oqibatida bir qancha aholi punktlari suv ostida qolgan. Suv ayrim joylarda ko‘p qavatli uylarning ikkinchi qavatigacha ko‘tarilgan. Harbiylar va qutqaruvchilar vertoletlar yordamida odamlarni uy tomlaridan qutqarib olib ketmoqda.

Tabiiy ofat tufayli jabrlangan hududga politsiya va o‘t o‘chiruvchilardan tashqari, 10 ming nafar harbiylar safarbar etilgan.