Qarz va 100 dollar

Kichkinagina shaharchaga bir sayyoh keldi va kichkinagina mehmonxonaga kirdi. Mehmonxona egasiga 100 dollar garov puli qoldirdi va xonalar bilan tanishishga kirishib ketdi.

Mehmonxona egasi qo‘liga tushgan naqd puldan zudlik bilan foydalanishga ahd qildi. U yugurib borib qassobdan qarzini uzish uchun 100 dollarni uzatdi.

Qassob ham tezda borib fermerdan qarzini uzdi. Fermer traktorini tuzatib bergan ustadan qarzini uzolmay xunob bo‘lib o‘tirgandi. Tezda borib, ustaga pulni uzatdi.

Usta oziq-ovqat olaverib do‘konchidan 100 dollar qarz bo‘lib qolgani esiga tushdi va do‘konchining yonida yuzi yorug‘ bo‘ldi. Do‘konchi anchadan beri do‘konni tozalab yurgan farroshning oyligini berolmayotgandi.

100 dollarni olgan farrosh ijara pulini to‘lash uchun mehmonxonaga yugurdi va xo‘jayinga pulni uzatdi. Xo‘jayin pulni olgan paytda yuqori qavatdan sayyoh tushdi va bu xonalar unga to‘g‘ri kelmasligini aytib, pulini qaytarib olib, jo‘navordi.

Hech kim hech narsaga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, butun shaharcha qarzlaridan qutulgan va bir-biriga ishonch bilan qarayotgan edi.