Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgan tungi klub faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 26 iyul kuni Buxoro viloyatida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbiri mobaynida Buxoro tumanida joylashgan «Chyorniy kvadrat» nomli tungi klubning yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.

Reydda kuchaytirilgan karantin bo‘lishiga qaramasdan, tungi soat 22:30 larda «Chyorniy kvadrat» klubi 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi va  yosh yigit-qizlarning musiqa sadolari ostida ovqatlanib, chilim chekayotgani va ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi aniqlangan.

Karantin talablarini bila turib, unga amal qilmaganligi va mijozlarga yashirin xizmat ko‘rsatganligi uchun klub rahbari fuqaro G.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, klubning 13 nafar mijoziga ham karantin qoidalarini buzganliklari bois tegishli ravishda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Milliy gvardiya axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.