Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YHXB xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, “Spark”ida qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab qochgan ayolga jarima qo‘llanildi

2020 yil 10 aprel kuni soat 12:50 larda Samarqand shahar Bo‘stonsaroy va Amir Temur ko‘chalari chorrahasida viloyat IIIB YHXB va DSEOM xodimlari tomonidan fuqaro J.B. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, karantin davrida avtomashinada harakatlanishga maxsus ruxsatnoma taqdim etish so‘ralganida xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan avtomashinasini qarama-qarshi yo‘nalishda boshqarib, noma’lum tomonga ketib qolgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan J.B.ga nisbatan ish bugun, 27 aprelda ko‘rib chiqilib, huquqbuzar J.B.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 128-5-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

J.B.ning karantin qoidalarini buzganligi holati tasdiqlangan taqdirda yana jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Orif PARDAYeV,

Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi.