Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchilaridan biri – ishtixonlik Tohir Umrzoqov

Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Tohir Umrzoqov "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, sovrindorlar safidan o‘rin egalladi.

Tohirjonning bu yutug‘i 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar bayrami oldidan quvonchli yangilik bo‘ldi.

– O‘tgan yili ham tanlovning matematika fanidan qatnashib, viloyat bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagandim, – deydi T.Umrzoqov. – Joriy yilda o‘tgan yildagi kamchiliklarni yo‘qotish uchun tinimsiz mehnat qildim, ustozlarimdan maslahat oldim. Mehnatlarim samarasiz ketmaganidan, harakatlarim munosib baholanganidan – tanlovda faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganimdan xursandman.

 Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati.