Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

YPX inspektorini sudrab ketgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida harakatlanib, YPX inspektorini sudrab ketgan “Damas” haydovchisi haqidagi video keng tarqaldi.

Haydovchi ushlanib, uning shaxsi aniqlanganda, u Samarqand tumani Turkman qishlog‘ida yashashi, boshqaruvidagi avtomashina otasiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Haydovchi U.J. Narpay ko‘chasidan Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasiga yo‘lovchilarni noqonuniy olib kelayotgan paytida, uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan YRX xodimiga bo‘ysunmay, uni ma’lum masofaga sudrab ketgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi  kodeksining 194-195-moddalariga asosan to‘plangan hujjatlar qonunan ko‘rib chiqilib, haydovchiga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.