Yuridik kollejlariga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Yuridik kollejlarga o‘qishga kirish bo‘yicha yozma imtihon kunlari belgilandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Yozma imtihon ikki kun davomida o‘tkaziladi.

“Huquqshunoslik” fanidan – 21 avgust;
“Ona tili va adabiyoti” fanidan – 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yozma imtihon soat 9.00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.

"Hurmatli abituriyentlar, eslatib o‘tamiz yozma imtihonga faqat pasport bilan soat 8.30 gacha kirish mumkin", - deyilgan xabarda.