Dunyo bozorida neft narxi tushib ketdi
- 09.09.2020 11:04
- 184
- Xorij

Brent (oliy navli neft markasi) neftining bir barreli 41 (AQSh) dollardan past ko‘rsatkichga yetdi. 8 sentyabr kuni o‘tkazilgan savdolar chog‘ida, noyabr oyi uchun fyucherslar (shartnomalar) narxi 40.93 dollarni tashkil etdi. Bu so‘nggi bir necha oylardagi eng kuchli narx pasayishi bo‘ldi. O‘tgan savdolar yopilishi bilan solishtirilganda, Brent 2.57 foiz yo‘qotdi.
Brent nefti narxi so‘nggi marta 2020 yilning 30 iyun sanasida 41 dollardan past ko‘rsatkichni qayd etgan edi. Shu bilan birga, Texasning WTI nefti narxi ham tushib ketdi. U 4.48 foiz yo‘qotdi va bir barrel uchun 37.99 dollarga baholandi.
Koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishidan invetsorlarning xavotiri soyasida xomashyo narxining pasayishi kuzatilmoqda. Shuningdek, narx pasayishi osiyolik mijozlar uchun Saudi Aramco nefti narxining tushishi va zaxiralarga bo‘lgan global talabning tiklanishi haqidagi umumiy xavotir bilan ham bog‘liq.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 51 daqiqa avval
- Maslahat
MikroGESlar aholining energiyaga bo‘lgan talabini qondiradi
- 58 daqiqa avval
- Samarqand
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa