Oqil inson qanday bo‘lishi kerak?

Albatta, har birimiz insofli, ishonchli, vijdonli, samimiy va mehribon odamlar qurshovida bo‘lishni xohlaymiz. Umumun olganda, biz hammamiz shunday bo‘lishga intilishimiz lozim. Lekin birovning haqiqatan ham shunday xislatlar egasi bo‘lish mumkinligini qayerdan bilish mumkin? Albatta, bu fazilatlarni soxtalashtirish yoki taqlid qilish mumkin emas. Lekin munosib insonlarni aniqlashga yordam beradigan bir qancha aniq usullar bor. Quyida shularga to‘xtalamiz:

1. Ular o‘z xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘ladi
Vijdonli kishi haddan tashqari halol bo‘lgani bois ham har doim harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z so‘zi va xatti-harakatlari uchun javob bera oladigan kishini ko‘rsangiz, ishonchingiz komil bo‘lsin - bu oqil inson. Hayot murakkabligini hisobga olsak, unchalik oson ish bo‘lmasa-da, baribir bu odam ushbu to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi.

2. Ular uchun boshqalar ehtiyoji o‘zinikidan ustun turadi
Individuallik bilan to‘lib-toshgan dunyomizda boshqalarning manfaati birinchi o‘rinda turadigan odamlarni topish juda qiyin. Boshqa odamlarning ehtiyojini o‘zinikidan yuqori qo‘ygan odam haqiqatan ham oqildir. Bunday odamlar minnatdorchilik evaziga emas, balki shunchaki muhim bo‘lgan ishlarni qiladi.

3. Doim yordamga keladi
Psixolog Set Meyers vijdonli insonlarni volontyorlar orasidan izlash kerak bo‘lgan joy, deb aytadi. Negaki, ular birovga yordam berish uchun hech qachon o‘z vaqtlarini ayamaydi va hayotda qiynalganlarga foydasi tegsa xursand bo‘lishadi. Bundan tashqari, bu ularni baxtli qiladi. Ular har doim birinchi va har doim umumiy ishlarga sodiqdirlar.

4. Boshqalar to‘g‘risida yaxshi fikrda bo‘ladi
Set Meyers shuningdek, vijdonli kishilar hech qachon boshqalar to‘g‘risida xulosa qilishga shoshilmasligini ta’kidlaydi. Hatto fikrlari va qarashlari ularnikiga to‘g‘ri kelmasa ham ularga har doim o‘zlarini tushuntirish va munosabatlarni davom ettirish uchun imkoniyat berishadi. Axir ular bu dunyoda hamma narsa nisbiy ekanligini va har bir kishi o‘z nuqtai nazariga egaligini juda yaxshi tushunadilar.

5. Ular haqgo‘y bo‘lishadi
Yolg‘onchilik qilib, “Hechqisi yo‘q, bu faqat bir martagina”, deb o‘ylasak, u kurtaklanib, katta fitnalargacha rivojlanib borish ehtimoli bor. Ammo pok vijdonli odamlar hech qachon bunga berilmaydi. Adolat – halollikni anglatadi, deydi ular. Har kuni, har bir harakat yoki fikriga sobit qoladi. Odamlardagi bu fazilatni qadrlang – bugungi kunda bu bebahodir.

6. Ular har doim minnatdor bo‘lishadi
Biz minnatdorlik shunchaki tarqatilmaydi, unga loyiq bo‘lish kerak, deb o‘rganib qolganmiz. Andishali odamlar esa hammaga minnatdorlik bildiraveradi. Ular har bir kishi hurmatga loyiq ekanligini va ularga insoniy munosabatda bo‘lish darkorligini bilishadi. Oqil inson hech qachon ofitsiant yoki boshqa xizmat xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lmaydi.

7. Ular kamtar bo‘ladi
Oqil inson yutuqlari bilan faxrlanishi mumkin. Uning bunga haqi bor va shu bilan birga u juda kamtar. Boshqacha aytganda, bunday odamlar “ishonch”ni “kuch”, “takabburlik”ni “nuqson” deb biladi va bu tushunchalar o‘rtasidagi farqni juda yaxshi anglab yetadilar.
Ular o‘zlarining kuchli tomonlarini yaxshilab o‘rganib, bilib olgan va yanada yaxshilanish uchun ulardan foydalanishadi.

8. Ular o‘z xatolarini tan oladi
Xato qilgani yoki yanglishganini tan olish kimga yoqadi, deysiz? Bu nihoyatda mushkul. Siz o‘zingizni xo‘rlangan, ranjigandek his qilasiz... Faqat munosib inson bunday qilmaydi. Ular chinakamiga o‘z xatolarini tan olishda hech qanday muammoni ko‘rmaydi. Insofli kishi o‘zini aybdor deb bilsa, u doim kechirim so‘rashga tayyor bo‘ladi.

9. Ular ishonchli bo‘ladi
Oqil inson har doim o‘z majburiyatlarini bajaradi. Bu inson sizga o‘ziga tayanish mumkinligini aytsa, bilingki, nima bo‘lgan taqdirda ham ular o‘z so‘zlari ustidan chiqadi va siz to‘g‘ringizda unutmaydi. Bunga amin bo‘lishingiz mumkin.

10. Ular xayrixohligi bilan ajralib turadi
Oqil inson mehribon ham bo‘ladi. Ular sizga bir gapni aytib, ichida esa boshqasini tugib yuradiganlardan emas. Ikki yuzlamchilik ulardan yiroq. Oqil inson haqiqiy kuch mehr-muruvvatda ekanligini biladi va butun hayoti davomida ushbu qoidaga amal qiladi.
Xatti-harakatlarining to‘g‘riligini bila turib ham ular mukofot va e’tirof kutmasdan shunday yo‘l tutadi. Bu insonlarning ulug‘vorligi va go‘zalligi ham shunda!

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.