Robototexnik yoshlar Janubiy Koreyaga boradi
- 29.07.2019 18:04
- 109
- Ta’lim

Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Innovatsiya malaka oshirish institutida “Yosh robototexniklar” tanlovi tashkil etildi. Unda Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchilari ham o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.
- Robototexnika yo‘nalishida eng qobiliyatli o‘quvchilarimizdan Shukurbek Ro‘zimurodov hamda Fozilbek Anvarovning ijodiy ishlari mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi, - deydi Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Nargiza Qobilova. – Tanlovda ishtirok etgan barcha viloyat vakillari orasidan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani hamda markazimiz o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi. Ular 2-3 avgust kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan “International young robot competitions” (IYRS) – 2019 robototexnika xalqaro tanlovida o‘z ixtirolari bilan ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
Sulaymon MARDIYeV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim