Ta’lim sifati uchun ochiq dars kerak (mi?)

– Har kuni ma’ruza tinglash, yozishdan gohida zerikamiz. Bugungi dars avvalgilaridan boshqacharoq bo‘ldi. Ochiq dars davomida tengdoshlarimiz bilan kechgan qizg‘in o‘yinlar, mulohazali fikrlardan ko‘p narsani o‘rgandik.
O‘quvchining bunday xulosaga kelishiga Past Darg‘om avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji aniq va tabiiy fanlar kafedrasida o‘tkazilgan fan oyligi sabab bo‘ldi. Chunki oylik davomida ta’lim-tarbiya jarayoni eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirildi. Kafedra o‘qituvchilari pedagogik mahoratlari va ijodiy izlanishlari bo‘yicha hisob berishdi. 
Mazkur fan oyligi doirasida informatika fani haftaligi ham o‘tkazildi. Shu fan bo‘yicha kollejda tashkil etilgan "Bilimdonlar bellashuvi"da o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashdilar. 
Oylik davomida kafedra tomonidan devoriy gazeta chiqarilib, unda informatikaga oid yangiliklar, yutuqlar va har xil boshqotirmalar o‘rin oldi.

Firuza RO‘ZIMURODOVA.