Andijonda teplovoz mast xolatda rels ustida yotgan fuqaroning oyog‘ini bosib ketdi
Andijon-2 temir yul bekatining 183 kilometri 6-piketi 7-yo‘lida bo‘sh vagonlarni saralayotgan ChMZ-5928-sonli manyovr teplovoz ushbu yulda mast xolatda temir yo‘l relsi ustida yotgan shahrixonlik fuqaro E. A.ning oyoqlarini bosib o‘tib ketgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qilmoqda.
Ushbu baxtsiz xodisa joriy yilning 27 iyun kuni soat tungi 00.45 lar chamasida ro‘y bergan.
Natijada fuqaro E.A.ning ikkala oyoq tizzasi tepa qismidan kesilgan. Bemor respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga joylashtirilgan bo‘lib, unga «travmatik, ikki oyoq tizzasidan tepa qismidan temir yo‘l ta’siri ostida kesilishi» tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi yurtdoshlarimizdan temir yo‘l xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi.