Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi hamkoriga aylanadimi?

O‘zbekiston-Fransiya. Ikki qit’ada joylashgan bu davlatlarning aloqalari tarixi Amir Temur davlatchiligi davriga borib taqaladi.
Fransiya iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mashinasozlik, ta’lim, tibbiyot, og‘ir va yengil sanoatning bir qancha sohalarida hamda iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan hisoblanadi.
Keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasida ishga solinmagan imkoniyatlar, hamkorlikdagi yangi loyihalar mavjudligi oydinlashmoqda. Bu o‘z navbatida davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash sohasida ham sezilmoqda. Viloyatimiz misolida oladigan bo‘lsak, 2022 yilda Samarqanddan Fransiyaga tovar eksporti kuzatilmagan bo‘lsa, o‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylarida 8 556,4 ming AQSh dollarilik mahsulot xarid qilingan
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatimizdan farang o‘lkasiga 116,6 ming dollarlik mahsulot sotilgan, yilning 9 oyida 7 946,9 ming AQSh dollarilik mahsulot xarid qilingan. Ya’ni, o‘sish sur’ati 92,9 foizni tashkil etib, jami importning 0,5 foizini tashkil etmoqda.