O‘qib, izlangan, albatta, akademik bo‘ladi

Olim yaqinda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan quyosh panelining yangi turini yaratgan va u oldingilariga qaraganda ancha samarali. Chunki shu paytgacha dunyo olimlari tomonidan ixtiro qilingan quyosh panellarining barchasi quyoshdan kelayotgan energiyaning 20 foizini elektr energiyasiga aylantira olgan. Akademik yaratgan texnologiya esa quyosh energiyasining 60 foizini elektr energiyasiga aylantiradi. 
- Fizikaning o‘zgarmas qonuniyati bor - tabiatda hech narsa yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi. Faqat moddalar bir turdan ikkinchi turga o‘zgaradi, - deydi M.Bahodirxonov. - Demoqchi bo‘lganim,  biz ham akademik bo‘lish uchun umuman mavjud bo‘lmagan ilmni yaratmadik. Bor, ammo bizga noma’lum bo‘lgan ilmni isbotlab, fanga ma’lum qildik. Buni shu yerda o‘tirgan har bir talaba amalga oshirishi mumkin. To‘g‘ri, bu yo‘lda kishi juda ko‘p izlanadi, hatto qiyinchiliklar, qarshiliklar, ziddiyatlar, to‘siqlarga uchraydi. Ammo ortga chekinmaslik kerak. Doimo olg‘a intilish zarur. Siz ham o‘qing, o‘rganing, izlaning, chekinmang. Ilm yo‘lida mehnat qilgan, izlangan har bir kishi akademik bo‘lishga haqli.

Olim SONNIBOYeV.