Obi Rahmatda koronavirusga chalingan shaxs aniqlandimi?

@zarafshonbot ga murojaat: Samarqand shahridagi Obi Rahmat mahallasida kornavirusga chalingan shaxsni topibtilar, deb eshitdim. Shu gap qanchalik haqiqat?
– Bu gap haqiqatdan yiroq. 2020 yil 1 aprel holatida Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs qayd etilmagan. Kecha tarqatilgan xabarlarda aytilgan infeksiya yuqtirgan 7 nafar samarqandlik viloyatimizga kelmagan, ularda kasallik Toshkent shahrida aniqlangan va o‘sha yerda davolanmoqda. Bizda o‘sha insonlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan yoki bitta samolyotda xorijdan kelgan fuqarolar bor va ular to‘liq tibbiy nazoratga olingan.
Xayrulla BOYMURODOV, Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologikosoyishtalik markazi bosh vrachi.