Samarqand tumanida yer uchastkalari master-rejaga muvofiq realizatsiya qilinadi

Hududlarda aholi, sayyohlar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan yashil hududlarni ko‘paytirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va servis ob’yektlarini qurish uchun bo‘sh yer uchastkalari 38 lotlarga ajratgan holda hududlar uchun master-reja asosida e-auksion savdolariga chiqarildi.

Ushbu yer uchastkalarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis ob’yektlari, jumladan turizm komplekslari mehmonxonalar, mehmon uylari, dala-hovli uylari, oromgoh va hostellar qurilishga ruxsat berilgan master-reja loyihalari tayyorlangan.

Eslatma, Prezidentimizning 2024 yil 19 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ushbu lot bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari jarayonida ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisob-varag‘ida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi foizga nisbatan zakalat miqdoridagi summaga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Qahramon Eshonqulov,

 “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ viloyat hududiy vakili.