"Sardor-2019" forumida 300 nafar faol yoshlar ishtirok etdi

Viloyat Yoshlar markazida "Sardor-2019" forumi tashkil etildi. Unda viloyatdagi barcha tuman va shaharlardan kelgan 300 nafar sardorlar kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Forum doirasida sardorlar uchun dastlab o‘quv-seminar o‘tkazildi. O‘quv-seminarda sardorlarga "2019-2020 o‘quv yilida sardorlar faoliyati", "Axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish", "Zakovat", "Munozara" mavzularida va sardorlarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Seminar-treninglar davomida sardorlar faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan tushgan savollarga javoblar qaytarildi. Treninglar davomida guruhda faol bo‘lgan, o‘zining liderlik xususiyatlarini namoyon etgan 2-3 nafardan sardorning viloyat sardorlar kengashiga nomzodlari qo‘yildi.

Forum doirasida viloyat sardorlar kengashi azolari saylovi ham tashkil etildi. Har bir guruhdan saralangan 2-3 nafardan liderlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 3 daqiqalik taqdimotlarini namoyish etishdi. Ishtirokchi sardorlar o‘zlari munosib deb topgan nomzodlarga oldindan tarqatilgan saylov byulletenlari orqali ovoz berishdi.
Forum yakunida sardorlarga o‘quv-seminarda faol ishtirok etgani uchun sertifikatlar, ishonch yorliqlari topshirildi.

To‘lqin SIDDIQOV.