Shavkat Mirziyoyev “Captiva” sovg‘a qilgan tojikistonlik dehqon vafot etdi
- 04.10.2019 16:38
- 459
- Samarqand

Bugun, 4 oktyabr kuni asli Oltiariqdan bo‘lgan Tojikistondagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligi rahbari Kamol hoji Madumarov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon marhumning to‘ng‘ich o‘g‘liga telefon qilib, hamdardlik bildirdi.
“Kamol Madumarov hayoti davomida mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasiga katta hissa qo‘shdi. O‘z tajriba va mahorati bilan bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirdi”, deyilgan xabarda.
500 gektardan iborat “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligida “Husayni”, “Rizamat”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Kelin barmoq” kabi hosildor uzum navlari yetishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Emomali Rahmon bilan Tursunzoda shahridagi “Bog‘i somon” va “Vatan” dehqon xo‘jaliklariga tashrif buyurib, ikki nafar dehqonga avtomashina tuhfa etgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 19/04, 14:17
- Jinoyat va jazo