Андроид қурилмалар учун Zarnews.uz мобил иловаси. Юклаб олиш x

TAYANCH DOKTORANTURAGA TANLOV E’LON QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 2022 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo‘yich tanlov e’lon qiladi:

Ixtisoslik shifri - 08.00.04 - Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti;
2022 yil uchun ajratilgan kvota - 4;
Daraja - Iqtisodiyotda falsafa doktori (PhD).

Tayanch doktoranturaga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar hujjatlar topshirishi mumkin:
– magistr darajasidagi yoki oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega boʻlganlar;
– talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutidagi ixtisoslik tegishli boʻlgan fan tarmogʻiga muvofiq boʻlishi kerak.

Hujjatlar 2021 yil 23 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar http://phd.mininnovation.uz/ saytdan quyidagi hujjatlar orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (ilovasi bilan birgalikda);
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega boʻlish talab etiladi);
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Mutaxassislik fanidan imtihon “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” yoʻnalishi va mutaxassisligi fanlaridan tashkil topadi. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5.5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (B2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihondan ozod etiladi.

Batafsil ma’lumotlar www.sbtsue.uz saytida mavjud.
Manzil: Samarqand shahri Professorlar koʻchasi, 51-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sektori.

Murojaat uchun telefonlar: +998906020492, +998915345414.