Toshkentda ayol o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 28 iyul kuni taxminan soat 12:35 da Toshkent shahar Bektemir tumanida 43 yoshli Nozimaxon K. “Qo‘yliq” bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Uni tuman IIO FMB xodimlari qutqarib qolgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u alkogolli ichimlik iste’mol qilgan va o‘zining harakatlariga to‘la javob bera olmagan. Hozirda psixologlar ayol bilan ishlamoqda.