Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Armaniston bosh vaziri kelasi hafta Ozarbayjon bilan mojaro boshlanishi mumkinligini aytdi

š¹ Isroil bosh vaziri Gāazodagi urushni muhokama qilish uchun AQShga delegatsiya yuboradi.
š¹ NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Tbilisiga tashrifi chogāida Moskvaning Ukraina va Gruziyaning bosib olingan hududlarida “saylovlar” oātkazganini qoralab, kavkazorti respublikasining hududiy yaxlitligini qoāllab-quvvatladi. Safar chogāida u Rossiyadagi saylovlarni “na erkin va na adolatli”, degan.
š¹ Dushanba kunidan beri tosh massasi qulashi natijasida gāoyib boālgan Rossiyadagi “Pioner” koni konchilari taqdiri nomaālumligicha qolmoqda. Qulash vaqtida 13 kishi taxminan 125 metr chuqurlikda boālgan, ular bilan hozircha aloqa yoāq.
š¹ "Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya armiyasi bilan toāqnashuvdagi yoāqotishlari yuz minglab emas, millionlarda baholanadi". Shunday fikrni Polsha armiyasi bosh shtabi sobiq boshligāi, general Raymund Anjeychak Polsat telekanaliga bergan intervyusida bildirgan. "Ukraina bu urushda magālub boālmoqda. Vaziyat oāta dramatik, qoāshimcha qilgan general.
š¹ Amerikalik tadbirkor Ilon Mask baāzida ruhiy tushkunlikdan aziyat chekayotganini va dori-darmonlarni qabul qilishini tan oldi. Milliarder bunda "genetik" moyillikni ayblaydi va ruhiy taāsirga ega dori-darmon uning ishiga taāsir qilmasligini aytadi. Uning soāzlariga koāra, dori-darmon qabul qilish unga yordam beradi, chunki u "odatda kuniga 16 soat ishlaydi".
š¹ 21 mart kuni kurdlarning harbiy-siyosiy ishchilar partiyasi (KIP) Navroāz bayrami bahonasida qurolini tashlashga tayyorlanmoqda. Qayd etilishicha, “Anqara va Bagādodning birgalikda kurashish qarori, shuningdek, Iroqning KIPni taqiqlangan tashkilot deb eālon qilishi Qandilni (KIP shtab-kvartirasi) ilojsiz qoldirdi.
š¹ Armaniston bosh vaziri Pashinyanning aytishicha, agar Yerevan Sovet davridan qolgan chegaradagi hududlar masalasida Boku bilan murosa qilmasa, hafta oxirida urush boshlanishi mumkin. Bugun Pashinyan Yerevanga kelgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashgan.
š¹ Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yahudiy koāchmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy etilishini maāqulladi. Ekstremist koāchmanchilar hujumlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoāl bilan barqaror hal etish yoālidagi toāsiqlardan biri sifatida koārilmoqda.
š¹ Xitoy mart oyida Rossiya neftini rekord darajada import qilishni rejalashtirmoqda. Pekin Moskvadan Sokol neftiga yangi chegirma oldi va Hindiston Gāarb sanksiyalaridan qoārqib, xaridlarni kamaytirgandan soāng importning rekord darajasiga yetdi.
š¹ Islandiyaning Reykyanes yarim orolida uch oy ichida toārtinchi marta vulqon otilishi sodir boāldi va lava himoya devorlariga yetib bordi, bu esa uning Moviy Lagun turistik hududiga, eng muhimi, yaqin atrofdagi elektr stansiyasiga tarqalishi mumkinligini anglatadi.