Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Armaniston bosh vaziri kelasi hafta Ozarbayjon bilan mojaro boshlanishi mumkinligini aytdi

🔹 Isroil bosh vaziri G‘azodagi urushni muhokama qilish uchun AQShga delegatsiya yuboradi.

🔹 NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Tbilisiga tashrifi chog‘ida Moskvaning Ukraina va Gruziyaning bosib olingan hududlarida “saylovlar” o‘tkazganini qoralab, kavkazorti respublikasining hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi. Safar chog‘ida u Rossiyadagi saylovlarni “na erkin va na adolatli”, degan.

🔹 Dushanba kunidan beri tosh massasi qulashi natijasida g‘oyib bo‘lgan Rossiyadagi “Pioner” koni konchilari taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qulash vaqtida 13 kishi taxminan 125 metr chuqurlikda bo‘lgan, ular bilan hozircha aloqa yo‘q.

🔹 "Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya armiyasi bilan to‘qnashuvdagi yo‘qotishlari yuz minglab emas, millionlarda baholanadi". Shunday fikrni Polsha armiyasi bosh shtabi sobiq boshlig‘i, general Raymund Anjeychak Polsat telekanaliga bergan intervyusida bildirgan. "Ukraina bu urushda mag‘lub bo‘lmoqda. Vaziyat o‘ta dramatik, qo‘shimcha qilgan general.

🔹 Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ba’zida ruhiy tushkunlikdan aziyat chekayotganini va dori-darmonlarni qabul qilishini tan oldi. Milliarder bunda "genetik" moyillikni ayblaydi va ruhiy ta’sirga ega dori-darmon uning ishiga ta’sir qilmasligini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dori-darmon qabul qilish unga yordam beradi, chunki u "odatda kuniga 16 soat ishlaydi".

🔹 21 mart kuni kurdlarning harbiy-siyosiy ishchilar partiyasi (KIP) Navro‘z bayrami bahonasida qurolini tashlashga tayyorlanmoqda. Qayd etilishicha, “Anqara va Bag‘dodning birgalikda kurashish qarori, shuningdek, Iroqning KIPni taqiqlangan tashkilot deb e’lon qilishi Qandilni (KIP shtab-kvartirasi) ilojsiz qoldirdi.

🔹 Armaniston bosh vaziri Pashinyanning aytishicha, agar Yerevan Sovet davridan qolgan chegaradagi hududlar masalasida Boku bilan murosa qilmasa, hafta oxirida urush boshlanishi mumkin. Bugun Pashinyan Yerevanga kelgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashgan.

🔹 Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy etilishini ma’qulladi. Ekstremist ko‘chmanchilar hujumlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan barqaror hal etish yo‘lidagi to‘siqlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

🔹 Xitoy mart oyida Rossiya neftini rekord darajada import qilishni rejalashtirmoqda. Pekin Moskvadan Sokol neftiga yangi chegirma oldi va Hindiston G‘arb sanksiyalaridan qo‘rqib, xaridlarni kamaytirgandan so‘ng importning rekord darajasiga yetdi.

🔹 Islandiyaning Reykyanes yarim orolida uch oy ichida to‘rtinchi marta vulqon otilishi sodir bo‘ldi va lava himoya devorlariga yetib bordi, bu esa uning Moviy Lagun turistik hududiga, eng muhimi, yaqin atrofdagi elektr stansiyasiga tarqalishi mumkinligini anglatadi.