Ijtimoiy tarmoqlardagi archa mojarolari ortidan Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi
- 20.12.2021 16:23
- 1425
- Samarqand
Bugun, 20 dekabr kuni Samarqand shahar hokimining shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qarori e’lon qilindi.
Qarorda mazkur lavozim o‘zgarishining sababi keltirilmagan. Ammo bir necha kundan buyon Yangi yil bayrami munosabati bilan shaharda o‘rnatilgan markaziy archa tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘layotgandi.
Jumladan, mazkur archaning shahardagi tabiiy archa daraxtlari butalari kesib olib bezatilishi bir qator internet foydalanuvchilari noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Samarqand shahar hokimligi vakili esa obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining ishdan olinishi archa bilan bog‘liq emasligini bildirmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baraka miqdorda emas, mehnat va sifatda
- Kecha, 17:46
- Qishloq xo'jaligi
Ajrimning eng og‘ir yukini ko‘tarayotgan bolalar
- Kecha, 16:50
- Mutolaa
Yozgi ta’til qanday o‘tdi?
- Kecha, 14:14
- Ta’lim