1 iyundan ijro ishini qo‘zg‘atish masalasi bir ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi
Samarqand yuridik kollejida Prezidentimizning 2019 yil 12 mart kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in tarzda o‘tgan muloqot davomida Qarorning muhim jihatlari, ya’ni joriy yilning 1 apreldan boshlab sud va boshqa organlari aktlarini majburiy ijro qilish jarayoniga mediatsiya instituti joriy qilinayotgani va boshqalar haqida tushunchalar berildi.
Darhaqiqat, qarorda ijro jarayoni bilan bog‘liq muddatlar ham aniq ko‘rsatilmoqda. Masalan, 2019 yil 1 iyundan boshlab ijro ishini qo‘zg‘atish masalasi bir ish kuni davomida ko‘rib chiqilishi, ijro harakatlariga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ijro qarzdorning arizasi yoki davlat ijrochisining tashabbusiga ko‘ra faqat ikki marotaba kechiktirish mumkinligi, yoki ijro ishidagi tushunmovchiliklarni aniqlash uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis qarori bilan tanishgandan so‘ng uzog‘i bilan 15 ish kuni davomida yozma xulosa berish shartligi belgilab qo‘yilayapti.
Qizg‘in, savol-javoblar tarzida tashkil etilgan tadbir mobaynida ishtirokchilar zarur bilim va ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Maxsud MAMASOLIYEV, Majburiy ijro byurosi
viloyat boshqarmasi bo‘lim inspektori.