Sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytirilmoqda

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi:

Jinoyat-protsessual kodeksida birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyasiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.

Bundan tashqari, apellyasiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilanmoqda.

E’tiborlisi, tiklanishi mumkin bo‘lgan muddatga chegara mavjud emas. Taraflar har qancha muddat o‘tganidan keyin ham o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qolmoqda.