1 milliard 25 million so‘mlik noqonuniy maishiy texnika jihozlari qo‘lga olindi
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Chinor” blok postida o‘tkazilgan tadbir davomida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O.O. boshqarib kelayotgan avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilganda, uning ichida Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan Sh.Sh.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlarsiz 725 million so‘mga yaqin bo‘lgan yirik miqdordagi kontrafakt maishiy texnika jihozlari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, fuqaro Sh.Sh. vaqtinchalik ro‘yxatda turgan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda yana 300 mln. so‘mlik 1120 dona uyali aloqa vositalarini saqlayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Qonunbuzarlar va qo‘lga olingan tovar moddiy buyumlari belgilangan tartibda tegishli idoralarga topshirildi.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.