1 oktyabr super-kontrakt bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati 

2021-2022 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 oktyabr kuni etib belgilandi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1 oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.