1 oktyabrdan qonunchilikda bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi

✅ Davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda faoliyat ko‘rsatadi. Xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi;

✅ “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturiga muvofiq, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

✅ Issiqxona xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi.