1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirildi

1 sentyabrdan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshdi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali.
O‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so‘mdan 513 350 so‘mgacha ko‘paydi.
Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg‘armasiga umuman badal to‘lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mgacha oshirildi.