1-sinfga qabul qilish jarayonining vaqti o‘zgartirildi

Amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan. Karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlash muammo yuzaga keladi.

Ushbu masalada ham Xalq ta’limi vazirligi o‘z takliflarini ishlab chiqmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib hamda pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan. 

Buning natijasida:

1. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi.

2. Iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.

1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so‘ng maktab ma’muriyati orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.