10 ming dollar olgan dotsent SamISI o‘qituvchisi emas

15 iyul kuni Zarnews.uz va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti 10 ming dollar bilan “ushlandi” sarlavhasi xabar tarqaldi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Samarqand viloyat DXX boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti ma’lum bir fuqaroni o‘zining vositachisi bo‘lgan jinoiy sherigi bilan birgalikda ushbu OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ushlangan. Xabarda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash jarayonlari olib borilmoqda, deb keltirilgan.

Mazkur xabar yuzasidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Qo‘lga olingan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti deya ta’kidlanayotgan shaxs bilan ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan qo‘pol kamchiliklari tufayli tuzilgan mehnat shartnomasi 2018 yil 23 mart kuni bekor qilingan.

Mehnat shartnomasining bekor qilinganligidan norozi bo‘lgan fuqaro  fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar, viloyat hamda Oliy sudlariga qayta-qayta murojaat qilgan va bir nechta sud protsesslari bo‘lib o‘tgan.

Hozirgi kunda ushbu shaxs Samarqand iqtisodiyot va servis institutida faoliyat yuritmaydi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti matbuot xizmati.