10 oyda 19 359 ta geografik ob’yekt nomlari davlat reestriga kiritildi

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha 46 330 ta nom ekspert komissiyasiga taqdim etilgan.

Shundan, 22 970 ta geografik ob’yekt nomlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy eksport xulosalari berilgan, 23 360 ta nom qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq deb topilib, qayta ko‘rib chiqish uchun hududiy komissiyalarga qaytarilgan.

Shu bilan bir qatorda, hududiy komissiyalar tomonidan o‘rganilgan va hududda mavjud bo‘lmagan 954 ta geografik ob’yekt nomlarini davlat reyestridan o‘chirish, davlat reyestriga kiritilgan 279 ta geografik obektlarning nomlariga tegishlicha o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirilgan.