100 million so‘m qaysi mahallaga nasib etadi?
- 27.12.2019 11:52
- 247
- Samarqand
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan to‘rtinchi tashabbusni amalga oshirish maqsadida Samarqand viloyatida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon maktab” va “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ayni paytda “Eng yaxshi kitobxon mahalla” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.
Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashuvga kirishdi.
Viloyat bosqichi yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni egallagan jamoaga viloyat hokimi sovrini — 100 million so‘m taqdim etiladi.
Saytimizni kuzatib boring, 100 million so‘m qaysi tuman vakillariga nasib etadi? Bu haqda ma’lumot beramiz.
To‘lqin SIDDIQOV.