101 million so‘m aliment pulini to‘lamay, qochib yurgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

MIBning Samarqand tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2010 yil 11 avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.X.dan M.I. foydasiga farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurganligi uchun unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruvdagi fuqaroning qarzi 101 million 468 ming so‘mdan oshib ketgan. Shu bois, boshqarmaning qidiruv bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borish jarayonida qarzdor tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga elektron navbatga turishga kelganligida  aniqlangan va ushlangan.

Farzand ta’minotidagi qarzni to‘lashdan bo‘yin tovlagan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-(4)- moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining qaroriga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

To‘rajon Jalilov, 

MIB viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi katta inspektori.