11 iyul kuni bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkaziladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi 2021 yil 11 iyun kuni “Xalq deputatlari viloyat Kengashida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi va Markaziy Saylov komissiyasining 2021 yil 24 maydagi “X.Normurodovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida”gi qarori, Saylov kodeksining 19, 93-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan qabul qilingan qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining bo‘shab qolgan 28-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugida deputat saylovi 2021 yil 11 iyul kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Viloyat saylov komissiyasiga ushbu saylovni qonun talablariga binoan o‘tkazilishini ta’minlash, ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya zimmasiga yuklandi.