13 nafar samarqandlikda koronavirus aniqlandi, 13 nafar bemor tuzaldi

🔺2020 yil 20 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 434 (+199) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 45 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Andijon viloyatida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqapog‘iston Respublikasida harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli M.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 61 yoshli R.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 294 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Samarqand viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib, yurtimizda 47 790 (+519) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 213 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.