138 mamlakatda chiqadigan gazetalar kolleksiyasi egasi
Hindistonlik Shashanka Sehar Dash juda ko‘p gazeta to‘plab, «Ginnesning rekordlar kitobi»ga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
U to‘plagan gazetalarning umumiy soni 4500 nusxadan ortiq bo‘lib chiqdi.
Qizig‘i, gap turli nomdagi davriy nashrlar haqida ketyapti. Shunday bo‘lsa-da, g‘ayrioddiy to‘plamning mavjudligi hindistonlik erkakka “Ginnesning rekordlar kitobi”dan joy olishga imkon berdi.
Gazeta o‘qish “xobbi”si
Shashanka Sehar Dash bolaligidan gazeta o‘qishga qiziqqan. 2000 yilda hindistondagi nashrlardan birida muharrir yordamchisi bo‘lib ishlagan yigit faoliyati doirasida juda ko‘p gazetalarni o‘qib chiqdi. To‘plami esa biroz vaqt o‘tgach, paydo bo‘la boshladi.
Natijada uning kolleksiyasida 94 tilda yozilgan maqolalari bo‘lgan turli nomdagi 138 mamlakatning bosma davriy nashrlari - 4515 ta gazeta to‘plandi.
E’tiborlisi, gazeta yig‘ish maqsadida Sehar Dash faqat bir davlat – Nepalga tashrif buyurgan. Qolgan davriy nashrlarni esa unga boshqa odamlar keltirib bergan.
“Ginnesning rekordlar kitobi” tuzuvchilari hindistonlik yigit kolleksiyasini “Turli nomdagi gazetalarning eng katta to‘plami” deb tan oldi.