14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmoyishga asosan 2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbuslariga ko‘ra o‘tkazilishi tavsiya etildi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.